Vosita bilan g‘oyaning o‘rnini chalkashtirmaslik kerak.

Vosita bo‘la turib g‘oya bo‘lmasa, foydasi yo‘q.

Dalil:

Yillar davomida bitta gapni takrorlab kelishdi.

Agar dasturlash osonlashsa — hamma dastur qiladi.
Kameralar arzonlashsa — hamma film oladi.
Platformalar ochilsa — hamma ijod qiladi.

Lekin bu qonun ishlamadi.

AI bugun kod yozsa ham, montaj qila olsa ham, ijtimoiy tarmoqlar tekin bo‘lsa ham — yangi ijod oqimi yo‘q.

Eng ko‘p foydani hali ham eski mutaxassislar olyapti.

Va boshlang‘ich ish o‘rinlari qisqarmoqda ( Reuters manbasi ).

Ya’ni vositalar arzonlashishi mutaxassislik uchun kifoya emas.

Gap vositada emas — g‘oyada.

Faqat g‘oya kishilari tashabbus qila oladi ( High Agency ).

Ijodkorlarni g‘oyalar yetishtiradi.

Vosita ko‘p yoki kamligi ahamiyatli emas.

Demak, tashabbus uchun g‘oya kerak.

Vosita va resurslar bo‘la turib tashabbus qilinmayaptimi — demak, g‘oya zaif.

Sog‘liq — g‘oya.
Sport va dieta — vosita.

Dietaga tashabbus yo‘qmi? G‘oya zaif.

Amal — g‘oya.
Ilm — vosita.

Ta’limga tashabbus yo‘qmi? G‘oya zaif.

— Nima qilish kerak?

— G‘oyani kuchaytirish kerak.

— Qanday?

— Bilmayman.